Hujjatlar va boshqa materiallarni taqdim etmaganlik yoki hakamlik sudi majlisining vaqti hamda joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan hakamlik muhokamasi taraflari yoxud ular vakillarining hakamlik sudi majlisiga kelmaganligi, agar hujjatlar va boshqa materiallar taqdim etilmaganligining yoki hakamlik muhokamasi taraflari yoxud ular vakillarining hakamlik sudi majlisiga kelmaganligining sababi hakamlik sudi tomonidan uzrsiz deb topilsa, hakamlik muhokamasiga va hakamlik sudi tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinishiga monelik qilmaydi. Javobgarning daʼvoga qarshi eʼtirozlar taqdim etmaganligi daʼvogar talablarining tan olinishi sifatida qaralmasligi kerak.