Hakamlik sudlari toʻgʻrisida 48-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish oqibatlari

Hakamlik sudining hal qiluv qarori vakolatli sud tomonidan bekor qilingan taqdirda, hakamlik muhokamasi taraflari hakamlik bitimiga muvofiq hakamlik sudiga yangidan murojaat etishga haqli. Agar hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik bitimi haqiqiy emasligi oqibatida yoxud hal qiluv qarori hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga toʻgʻri kelmaydigan nizo boʻyicha chiqarilganligi oqibatida yoxud unda hakamlik bitimida qamrab olinmagan masalalar boʻyicha toʻxtam mavjudligi yoinki nizo hakamlik muhokamasi predmeti boʻlishi mumkin emasligi oqibatida toʻliq yoki qisman bekor qilingan boʻlsa, mazkur nizo bundan buyon hakamlik sudida koʻrib chiqilishi mumkin emas.