Hakamlik sudlari toʻgʻrisida 52-modda. Ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish tartibi

Ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizani vakolatli sud sudyasi yakka tartibda, Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida yoki Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan tartibda koʻrib chiqadi. Hakamlik muhokamasi taraflari mazkur arizani koʻrib chiqish vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilinadi. Hakamlik muhokamasi taraflarining yoki ular vakillarining vakolatli sud majlisiga kelmaganligi arizani koʻrib chiqishga monelik qilmaydi. Vakolatli sud ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ijro varaqasi berish haqida yoki ijro varaqasi berishni rad qilish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Vakolatli sudning ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi ajrimi darhol ijro etilishi lozim. Vakolatli sudning ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi yoxud ijro varaqasi berishni rad etish haqidagi ajrimi ustidan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida yoki Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.