Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida 17-modda. Ichki ishlar organlarining huquqlari

Ichki ishlar organlari oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega: fuqarolardan qonunchilikka rioya etishni, gʻayriqonuniy xatti-harakatlarni tugatishni talab qilish, bu talablar bajarilmagan taqdirda esa majburlov choralarini qoʻllash; oʻz xizmat majburiyatlarini amalga oshirish chogʻida fuqarolarning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlarini tekshirish, agar ularda qurol, oʻq-dorilar, portlovchi, radioaktiv yoki zaharli moddalar, portlatish qurilmalari, pirotexnika buyumlari, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar, prekursorlar yoxud muomalada boʻlishi taqiqlangan yoki cheklangan boshqa narsalar bor deb hisoblashga asoslar mavjud boʻlganda esa, fuqarolarni shaxsiy koʻrikdan oʻtkazishni, ularning ashyolarini, qoʻl yukini, bagajini koʻrikdan oʻtkazishni amalga oshirish hamda mazkur narsalar, vositalarni va moddalarni olib yurish hamda saqlash uchun qonuniy asoslar mavjud boʻlmagan taqdirda ularni olib qoʻyish; agar tergovga qadar va tergov harakatlarini, tezkor-qidiruv va qidiruv tadbirlarini oʻtkazish, jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik, hodisa holatlarini hujjatlashtirish yoki jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik izlarini, hodisa holatlarini saqlab qolish uchun zarur boʻlsa, fuqarolardan jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyni, hodisa joyini tark etishni talab qilish; sodir etilayotgan jinoyatlarga chek qoʻyish, shuningdek ularni sodir etayotgan shaxslarni taʼqib qilish hamda ushlash uchun, agar buning kechiktirilishi fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini, jamiyat va davlat xavfsizligini tahdid ostiga qoʻyishi mumkin boʻlsa, tashkilotlar va fuqarolarning hududiga, turar joylariga va boshqa binolariga, yer uchastkalariga, transport vositalariga sutkaning istalgan vaqtida toʻsqinliksiz kirish (oshib tushish); fuqarolarning shaxsiy xavfsizligi va jamoat xavfsizligini taʼminlash, jinoyatlarning oldini olish, ularni sodir etgan yoki qidiruvda boʻlgan shaxslarni aniqlash hamda ushlash maqsadida fuqarolarga tegishli boʻlgan turar joylarda va