Oʻn sakkizdan oʻttiz yoshgacha, shu jumladan oʻttiz yoshdagi, tegishli maʼlumotga ega boʻlgan, oʻzining shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sogʻligʻining holati va jismoniy tayyorgarligi boʻyicha ichki ishlar organi xodimining xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ichki ishlar organlaridagi xizmatga ixtiyoriy tartibda, tanlov asosida qabul qilinadi. Zarur boʻlgan hollarda, ichki ishlar organlarining ayrim boʻlinmalari va tashkilotlariga xizmatda boʻlishning eng yuqori yoshiga toʻlgan paytida koʻp yillik xizmati uchun pensiya olish huquqiga ega boʻladigan oʻttiz yoshdan katta fuqarolar qabul qilinishi mumkin. Ichki ishlar organlarining oʻttiz yoshdan katta fuqarolar qabul qilinadigan ayrim boʻlinmalari, tashkilotlari va lavozimlarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi. Erkaklar ichki ishlar organlaridagi xizmatga kirguniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni oʻtashi yoxud oliy taʼlim tashkilotlarida harbiy tayyorgarlikdan oʻtishi kerak. Alohida hollarda, boshqa davlat organlari va tashkilotlaridan xodimlar ushbu moddaning birinchi , ikkinchi va toʻrtinchi qismlarida belgilangan talablarga rioya etilmagan holda ichki ishlar organlaridagi xizmatga qabul qilinishi mumkin. Siyosiy partiyalarning aʼzolari boʻlgan, ichki ishlar organlaridagi xizmatga qabul qilingan fuqarolar xizmatni oʻtash davrida siyosiy partiyalarga aʼzolikni toʻxtatib turadi. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish uchun tegishli maʼlumotga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek ichki ishlar organlarining harbiy xizmatchilari va xodimlari qabul qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining taʼlim muassasalarida chet el fuqarolari qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oʻqishi mumkin. Belgilangan tartibda muomalaga layoqats