Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida 28-modda. Ichki ishlar organlarining xodimlari

Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan, maxsus unvon berilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi ichki ishlar organining xodimidir. Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi hamda formali kiyim-bosh namunalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi. Ichki ishlar organi xodimiga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan, belgilangan namunadagi xizmat guvohnomasi va jeton beriladi. Ichki ishlar organi xodimi egallagan lavozimi, turgan joyi va vaqtidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida boshligʻining (komandirining) buyrugʻiga binoan istalgan vaqtda xizmat majburiyatlarini bajarishga kirishishi hamda quyidagi choralarni koʻrishi shart: jinoyatlar, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilgan joyda yoki hodisalar joyida jabrlangan fuqarolarga, shuningdek nochor ahvolda qolgan fuqarolarga birinchi tibbiy yordam yoki boshqa xil yordam koʻrsatilishini tashkil etish; odamlarni qutqarish, huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga chek qoʻyish, ularni sodir etgan shaxslarni ushlash, hodisa joyini qoʻriqlash hamda unga fuqarolar oʻzlarining shaxsiy xavfsizligiga yoki jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi voqealar toʻgʻrisidagi xabarlar bilan murojaat qilgan yoxud bevosita oʻzi shunday voqealarga duch kelgan taqdirda eng yaqindagi ichki ishlar organlari boʻlinmasiga xabar berish. Ichki ishlar organi xodimining xizmat majburiyatlarini bajarishi deganda quyidagilar tushuniladi: lavozim majburiyatlarini bajarish va jangovar harakatlarda ishtirok etish; xizmatni (jangovar xizmatni) oʻtash; xizmat safarida yoki davolanishda boʻlish; kun tartibida belgilangan xizmat vaqti davomida yoki xizmat zarurati tufayli ichki ishlar organlari (harbiy qism) hududida boʻlish; xizmat, davolanish joyiga borish yoki ulardan qaytish; yigʻinlarda (harbiy yigʻinlarda) ishtirok etish; asirlikda boʻlish (oʻz ixtiyori bilan asirga tushish hollari bundan mustasno), garovga olingan yoki ushlab qurolsizlantirilgan holatda boʻlish; b