Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida 30-modda. Ichki ishlar organlaridagi xizmat

Ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikning amal qilishi ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash masalalarini belgilovchi qonunchilikda va ushbu Qonunda tartibga solinmagan qismiga nisbatan tatbiq etiladi. Ichki ishlar organlari xodimlari ish vaqtining davomiyligi haftasiga qirq soatdan oshishi mumkin emas. Zarur boʻlgan hollarda, ichki ishlar organlari xodimlari xizmatni oʻtashga kuchaytirilgan yoki sutkalik rejimda jalb qilinishi mumkin. Kuchaytirilgan rejim ichki ishlar organlari xodimlari uchun kuniga ish vaqtidan tashqari davomiyligi toʻrt soatdan oshmaydigan ish belgilanishini nazarda tutadi. Sutkalik rejim ichki ishlar organlari xodimlari uchun xizmatni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilariga umumqoʻshin payogi normalari doirasida belgilanadigan oziq-ovqat payogini kompensatsiya qilish oʻrniga xizmatni oʻtash joyida uch mahal bepul ovqatlangan holda sutkalik oʻtash belgilanishini nazarda tutadi. Kuchaytirilgan va sutkalik rejimni joriy etish hamda bekor qilish, shuningdek ichki ishlar organlari xodimlarini harbiy harakatlarda ishtirok etishga jalb qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi. Ichki ishlar organlarining xodimlariga taʼtilni oʻtkazish joyiga borish va qaytish uchun zarur boʻlgan, biroq uch kundan oshmaydigan vaqt qoʻshilgan holda davomiyligi oʻttiz kalendar kun boʻlgan haq toʻlanadigan har yilgi taʼtil beriladi. Ichki ishlar organlarining xodimlariga quyidagi kalendar hisobdagi xizmat davri uchun: oʻn yillik xizmatdan soʻng — davomiyligi besh kun; oʻn besh yillik xizmatdan soʻng — davomiyligi oʻn kun; yigirma yillik xizmatdan soʻng — davomiyligi oʻn besh kun boʻlgan, haq toʻlanadigan qoʻshimcha taʼtil beriladi. Ichki ishlar organlari xodimlariga qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa turdagi taʼtillar ham berilishi mumkin. “Ichki ishlar organlarida xizmatda boʻlishning cheklangan yoshi safdorlar va serjantlar tarkibi xodimlari uchun ell