Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida 31-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash

Ichki ishlar organlaridagi xizmatga qabul qilinadigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari majburiy tartibda maxsus kasbiy tayyorgarlikdan yoki qayta tayyorgarlikdan oʻtadi. Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, xodimlarning malakasini oshirish, qoida tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi taʼlim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi, bundan ushbu muassasalarda oʻqitilmaydigan ixtisosliklar mustasno. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi taʼlim muassasalarining tinglovchilari va kursantlari ichki ishlar organlarida xizmatda deb hisoblanadi, chet el fuqarolari bundan mustasno.