Ipoteka toʻgʻrisida 31-modda. Navbatdagi ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish

Navbatdagi ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish ushbu Qonunda belgilangan qoidalarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi. Ipoteka toʻgʻrisidagi navbatdagi shartnomada ayni oʻsha mol-mulkning oldingi ipotekalari toʻgʻrisidagi barcha qayd yozuvlari haqida belgi qoʻyiladi. Navbatdagi ipoteka toʻgʻrisidagi belgi ayni oʻsha mol-mulkning barcha oldingi ipotekalari haqidagi qayd yozuvlariga kiritiladi.