Ipoteka toʻgʻrisida 32-modda. Oldingi va navbatdagi ipotekalar boʻyicha ipotekaga oluvchilarning talablarini qanoatlantirish

Ipoteka toʻgʻrisidagi navbatdagi shartnoma boʻyicha ipotekaga oluvchining talablari ipoteka toʻgʻrisidagi oldingi shartnomalar boʻyicha ipotekaga oluvchilarning talablari qanoatlantirilganidan keyin, garovga qoʻyilgan mol-mulk qiymatidan qanoatlantiriladi. Undiruv garovga qoʻyilgan mol-mulkka navbatdagi ipoteka bilan taʼminlangan talablar boʻyicha qaratilgan taqdirda, bir vaqtning oʻzida oldingi ipoteka bilan taʼminlangan, undiruvga taqdim etish muddati hali kelmagan talablar boʻyicha ham ipoteka bilan taʼminlangan majburiyatni muddatidan oldin bajarish talab qilinishi va undiruv mazkur mol-mulkka qaratilishi mumkin. Agar ipoteka toʻgʻrisidagi oldingi shartnoma boʻyicha ipotekaga oluvchi bu huquqdan foydalanmagan boʻlsa, navbatdagi ipoteka bilan taʼminlangan talablar boʻyicha undiruv qaratilgan mol-mulk oldingi ipotekaga doir huquq va majburiyatlar bilan birga uni oluvchiga oʻtadi. Oldingi ipoteka bilan taʼminlangan talablar boʻyicha undiruv garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratilgan taqdirda, bir vaqtning oʻzida undiruvga taqdim etish muddati hali kelmagan, navbatdagi ipoteka bilan taʼminlangan talablar boʻyicha ham bu mol-mulkka undiruv qaratilishiga yoʻl qoʻyiladi. Agar oldingi ipoteka bilan taʼminlangan talablar qanoatlantirilishi uchun undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkning bir qismiga qaratish yetarli boʻlsa, navbatdagi ipoteka bilan taʼminlangan talablar muddatidan oldin qanoatlantirilmaydi. Undiruvga oʻz talablarini taqdim etish niyatida boʻlgan ipotekaga oluvchi bu haqda oʻsha mol-mulkning ipotekasi toʻgʻrisidagi boshqa shartnoma boʻyicha ipotekaga oluvchini oldingi va navbatdagi ipotekalar boʻyicha talablar garov bilan taʼminlangan mol-mulkka undiruv qaratilguniga qadar yozma shaklda xabardor qilishi shart. Agar oldingi va navbatdagi ipotekalar boʻyicha ipotekaga oluvchi aynan oʻsha shaxsning oʻzi boʻlsa, ushbu moddadagi qoidalar qoʻllanilmaydi. Bu holda ipotekalarning har biri bilan taʼminlangan talablar, agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib naza