Ipoteka toʻgʻrisida 41-modda. Kimoshdi savdosini oʻtkazish tartibi

Garovga qoʻyilgan mol-mulkni sotish boʻyicha kimoshdi savdosi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan tashkil etiladi va oʻtkaziladi. Davlat ijrochisining buyurtmasi yoki kimoshdi savdosi tashkilotchisi sifatida ish yuritadigan tegishli ixtisoslashtirilgan tashkilot bilan tuzgan shartnomasi kimoshdi savdosini oʻtkazish uchun asos boʻladi. Garovga qoʻyilgan mol-mulkni sotish boʻyicha kimoshdi savdosi shu mol-mulk turgan joyda oʻtkaziladi. Kimoshdi savdosi tashkilotchisi kimoshdi savdosi oʻtkazilishidan kamida oʻttiz kun oldin Oʻzbekiston Respublikasining hududida tarqatiladigan kamida ikkita davriy bosma nashrda kimoshdi savdosi toʻgʻrisidagi eʼlonni chop etadi. Kimoshdi savdosi toʻgʻrisidagi eʼlonda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak: kimoshdi savdosiga qoʻyiladigan ipoteka narsasining nomi, uning turgan joyi va uni identifikatsiya qilish uchun yetarli tavsifi, uning bahosi; kimoshdi savdosi ishtirokchisining zakalat summasi, uni toʻlash muddati va tartibi; xarid narxini toʻlash tartibi va muddatlari; kimoshdi savdosi oʻtkaziladigan joy va vaqt; kimoshdi savdosi tashkilotchisining nomi va joylashgan yeri, maʼlumot olish uchun uning telefon raqami va toʻlov rekvizitlari. Kimoshdi savdosi toʻgʻrisidagi eʼlonning bir nusxasi, agar imkoni boʻlsa va monelik boʻlmasa, kimoshdi savdosiga qoʻyilayotgan koʻchmas mulkning oʻzidagi koʻrinarli joyga kimoshdi savdosi oʻtkazilishidan kamida oʻn kun oldin osib qoʻyiladi. Kimoshdi savdosida ishtirok etishni istagan shaxslar kimoshdi savdosi toʻgʻrisidagi eʼlonda koʻrsatilishi lozim boʻlgan miqdorda, muddatlarda va tartibda zakalat pulini toʻlaydilar. Zakalat puli miqdori garovga qoʻyilgan mol-mulk boshlangʻich sotuv narxining 5 foizidan kam boʻlmasligi lozim. Kimoshdi savdosida ishtirok etgan, lekin unda gʻolib chiqmagan shaxslarga kimoshdi savdosi tugashi bilan zakalat puli qaytarib beriladi. Kimoshdi savdosi amalga oshmagan taqdirda ham zakalat puli qaytarib berilishi kerak. Kimoshdi savdosida sotilayotgan mol-mulk uchun