Ipoteka toʻgʻrisida 55-modda. Uchinchi shaxslarga tegishli binolar va inshootlar joylashgan yer uchastkasiga doir huquqlar garovi

Agar ipotekaga qoʻyuvchiga emas, balki boshqa shaxsga tegishli bino yoki inshoot joylashgan yer uchastkasiga doir huquq garov narsasi boʻlsa, undiruv ipotekaga oluvchi tomonidan shu uchastkaga boʻlgan huquqqa qaratilgan va mazkur uchastka realizatsiya qilingan taqdirda, ipotekaga qoʻyuvchining yer uchastkasiga boʻlgan huquq egasi sifatida oʻsha shaxsga nisbatan ega boʻlgan huquqlari va majburiyatlari oluvchiga oʻtadi.