Daʼvo arizasini koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi. Sud ajrimida ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻrtasida sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisidagi, davlat bojini budjetdan qaytarish haqidagi masalalar hal qilinishi mumkin. Ajrimning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi. Daʼvo arizasini koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.