Iqtisodiy protsessual kodeksi 122-modda. Protsessual muddatlarni toʻxtatib turish

Ish yuritish toʻxtatib turilishi bilan barcha oʻtib ketmagan protsessual muddatlarning oʻtishi toʻxtatib turiladi. Ish yuritish tiklangan kundan eʼtiboran protsessual muddatlarning oʻtishi davom etadi.