Iqtisodiy protsessual kodeksi 124-modda. Protsessual muddatlarni uzaytirish

Sud tomonidan tayinlangan protsessual muddatlar ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasi boʻyicha shu sud tomonidan uzaytirilishi mumkin. Protsessual muddatni uzaytirish haqida yoki uzaytirishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.