Iqtisodiy protsessual kodeksi 143-modda. Sud buyrugʻini berish tartibi va muddati

Sud buyrugʻi sudya tomonidan sud muhokamasisiz, kreditor va qarzdorni chaqirtirmasdan, ularning tushuntirishlarini eshitmasdan yakka tartibda beriladi. Sud buyrugʻi kreditor tomonidan arizaning koʻchirma nusxasi qarzdorga topshirilgan kundan eʼtiboran oʻn kun oʻtgach beriladi. Sud buyrugʻi sudya tomonidan ikki nusxada imzolanadi, ulardan biri ishning yigʻma jildida qoladi, boshqasi sudning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi va kreditorga beriladi. Qarzdorga sud buyrugʻining tegishli tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxasi yuboriladi. Sud buyrugʻi elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.