Iqtisodiy protsessual kodeksi 169-modda. Sudning ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizalari va iltimosnomalarini hal qilishi

Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yangi dalillarni talab qilib olish toʻgʻrisidagi hamda ish muhokamasi bilan bogʻliq boshqa barcha masalalar boʻyicha arizalari va iltimosnomalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning fikrlari sud tomonidan eshitib boʻlinganidan keyin hal qilinadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizalari va iltimosnomalarini koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi. Sudning ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizalari va iltimosnomalarini qanoatlantirish toʻgʻrisidagi yoki qanoatlantirishni rad etish haqidagi xulosalari ishni koʻrish natijalari boʻyicha chiqarilgan sud hujjatida bayon qilinishi mumkin.