Iqtisodiy protsessual kodeksi 185-modda. Bir necha daʼvogar foydasiga yoki bir necha javobgarga qarshi qabul qilingan hal qiluv qarori

Bir necha daʼvogarning talablari qanoatlantirilganda hal qiluv qarorining xulosa qismida sud ularning har biriga nisbatan uning qaysi qismi tegishliligini koʻrsatadi. Bir necha javobgarga nisbatan talablar qanoatlantirilganda sud hal qiluv qarorining xulosa qismida javobgarlar zimmasiga ulushli yoki solidar javobgarlik yuklatilganligini koʻrsatadi. Dastlabki va qarshi daʼvolar toʻliq yoki qisman qanoatlantirilganda hal qiluv qarorining xulosa qismida sud daʼvolarni oʻzaro hisobga olish natijasida undirilishi lozim boʻlgan summani koʻrsatadi.

3-§. Sudning hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyingi harakatlari