Sud muhokamasi tugallangan sud majlisida qabul qilingan hal qiluv qarorining faqat xulosa qismi eʼlon qilinadi, bu qism sudya tomonidan imzolanishi va ishga qoʻshib qoʻyilishi kerak. Hal qiluv qarori besh kun ichida toʻliq hajmda tuziladi va imzolanadi. Raislik qiluvchi hal qiluv qarorining xulosa qismi eʼlon qilinganidan keyin ishda ishtirok etuvchi shaxslarga hal qiluv qarorini toʻliq hajmda tuzish va ularga yuborish muddatini, shuningdek hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibini tushuntirib beradi.