Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud yoʻl qoʻyilgan xatolarni, harfiy xatolarni va hisob-kitobdagi yanglishishlarni yozuvning mazmunini oʻzgartirmagan holda, ishda ishtirok etuvchi shaxsning, davlat ijrochisining, sudning hal qiluv qarorining ijrosi zimmasiga yuklatilgan boshqa organlarning arizasiga koʻra yoki oʻz tashabbusi boʻyicha tuzatishga haqlidir. Yozuvdagi yoʻl qoʻyilgan xatolarni, harfiy xatolarni yoki hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish toʻgʻrisidagi ariza ishda ishtirok etuvchi shaxslarni, davlat ijrochisini yoki sudning hal qiluv qarorining ijrosi zimmasiga yuklatilgan boshqa organlarni ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilgan holda sud tomonidan koʻriladi. Mazkur shaxslarning kelmaganligi arizani koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi. Yozuvdagi yoʻl qoʻyilgan xatolarni, harfiy xatolarni yoki hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish toʻgʻrisidagi ariza u berilgan kundan eʼtiboran yigirma kunlik muddatda koʻrib chiqiladi. Yozuvdagi xatolarni, harfiy xatolarni, hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish toʻgʻrisida yoki tuzatishni rad etish haqida ajrim chiqariladi. Yozuvdagi xatolarni, harfiy xatolarni, hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish toʻgʻrisidagi yoki tuzatishni rad etish haqidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
4-§. Hal qiluv qarorining qonuniy kuchga kirishi va uni ijroga qaratish tartibi