Iqtisodiy protsessual kodeksi 193-modda. Hal qiluv qarorining ijrosini taʼminlash

Hal qiluv qarorini ijro etish mumkin boʻlmay qoladi yoki qiyinlashadi deb hisoblash uchun asosi boʻlgan shaxslar ushbu hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga uning ijrosini taʼminlash toʻgʻrisida ariza berishi mumkin. Arizada ijrosi taʼminlanishi zarur boʻlgan hal qiluv qarori va uni taʼminlash toʻgʻrisida iltimos bilan murojaat qilishga arizachini undagan sabablar koʻrsatilishi kerak. Hal qiluv qarorining ijrosini taʼminlash toʻgʻrisidagi masala ushbu Kodeksning 96-moddasida nazarda tutilgan tartibda hal etiladi.