Iqtisodiy protsessual kodeksi 203-3-modda. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqiladigan ish boʻyicha daʼvo arizasiga doir talablar

Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqiladigan ish boʻyicha daʼvo arizasi ushbu Kodeksning 149-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqiladigan ish boʻyicha daʼvo arizasiga ushbu Kodeksning 151-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinadi.