Iqtisodiy protsessual kodeksi 210-modda. Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish tartibi

Yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlarning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi ishlar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha, “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan oʻziga xos xususiyatlar eʼtiborga olingan holda sud tomonidan koʻrib chiqiladi.