Iqtisodiy protsessual kodeksi 228-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishning umumiy qoidalari

Ushbu bobda belgilangan qoidalar hakamlik muhokamasi taraflarining hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqalari berish toʻgʻrisidagi arizalari iqtisodiy sud tomonidan koʻrib chiqilayotganda qoʻllaniladi. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʻgʻrisidagi masala hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi birining foydasiga chiqarilgan boʻlsa, oʻsha tarafning arizasiga binoan iqtisodiy sud tomonidan koʻrib chiqiladi.