Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlari iqtisodiyot sohasida chet el tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar, chet el fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar (bundan buyon matnda chet ellik shaxslar deb yuritiladi) ishtirokida yuzaga keladigan nizolar boʻyicha ishlarni quyidagi hollarda koʻrib chiqadi, agar: 1) javobgar Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan yoki yashayotgan boʻlsa yoxud Oʻzbekiston Respublikasi hududida javobgarning mol-mulki boʻlsa; 2) chet ellik shaxsning filiali yoki vakolatxonasi Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan boʻlsa; 3) nizo Oʻzbekiston Respublikasi hududida bajarilishi lozim boʻlgan yoki bajarilgan shartnomadan kelib chiqqan boʻlsa; 4) talab chet ellik shaxs tomonidan yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududida sodir boʻlgan boshqa holat bilan mol-mulkka zarar yetkazilishi tufayli yuzaga kelgan yoxud zarar Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuzaga kelgan boʻlsa; 5) nizo Oʻzbekiston Respublikasi hududida asossiz boylik orttirishdan yuzaga kelgan boʻlsa; 6) ishchanlik obroʻsini himoya qilish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha daʼvogar Oʻzbekiston Respublikasida turgan boʻlsa; 7) nizo Oʻzbekiston Respublikasi hududida chiqarilgan qimmatli qogʻozlarning muomalasi bilan bogʻliq munosabatlardan yuzaga kelgan boʻlsa; 8) yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktni aniqlash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha arizachi ushbu faktning Oʻzbekiston Respublikasi hududida mavjudligini koʻrsatayotgan boʻlsa; 9) nizo Oʻzbekiston Respublikasi hududida nomlar va boshqa obyektlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda Internet jahon axborot tarmogʻida xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq munosabatlardan yuzaga kelgan boʻlsa; 10) bu haqda Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxsi yoki fuqarosi bilan chet ellik shaxs oʻrtasida ushbu Kodeksning 241-moddasida belgilangan qoidalar boʻyicha tuzilgan bitim mavjud boʻlsa. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlari iqtisodiyot sohasida chet ellik shaxslar ishtirokida yuzaga kelgan nizolar boʻyicha ishlarni va nizoli huquqiy munosabatn