Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlarining mutlaq vakolatlariga chet ellik shaxslar ishtirokidagi quyidagi nizolar boʻyicha ishlar kiradi: 1) Oʻzbekiston Respublikasining davlat mulki boʻlgan mol-mulkka nisbatan nizolar boʻyicha, shu jumladan mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va davlat mulkini xususiylashtirish hamda jamoat ehtiyojlari uchun mulkni olib qoʻyish bilan bogʻliq nizolar boʻyicha ishlar; 2) predmeti koʻchmas mol-mulk boʻlgan nizolar boʻyicha, agar bunday mol-mulk Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan boʻlsa, yoki bunday mol-mulkka boʻlgan huquqlar toʻgʻrisidagi nizolar boʻyicha ishlar. Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida chet ellik shaxslar ishtirokidagi boshqa ishlar ham iqtisodiy sudlarning mutlaq vakolatlariga kiritilishi mumkin.