Iqtisodiy protsessual kodeksi 258-modda. Chet davlat sudlarining va arbitrajlarining hal qiluv qarorlarini ijroga qaratish

Chet davlat sudining va arbitrajining hal qiluv qarorini ijroga qaratish chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisida ajrim chiqargan sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.