Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun quyidagilar asos boʻladi: 1) ish uchun ahamiyatli holatlarning toʻliq aniqlanmaganligi; 2) sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi; 3) hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq emasligi; 4) moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilganligi. Moddiy huquq normalarining buzilishi yoki notoʻgʻri qoʻllanilishi quyidagilardan iborat: 1) qoʻllanilishi lozim boʻlgan qonunchilik hujjatining qoʻllanilmaganligi; 2) qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan qonunchilik hujjatining qoʻllanilganligi; 3) qonunchilik hujjatining notoʻgʻri talqin qilinganligi. Protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki notoʻgʻri qoʻllanilganligi, agar bu notoʻgʻri hal qiluv qarori qabul qilinishiga olib kelgan boʻlsa yoki olib kelishi mumkin boʻlsa, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoxud bekor qilish uchun asos boʻladi. Sudning hal qiluv qarori quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin, agar: 1) sud ishi yuritilayotgan til toʻgʻrisidagi qoida ishni koʻrish chogʻida buzilgan boʻlsa; 2) sud majlisining bayonnomasi imzolanmagan yoki ushbu Kodeks 202-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilganidan boshqa shaxslar tomonidan imzolangan boʻlsa yoxud, agar sud majlisining audio- yoki videoyozuvi amalga oshirilgan boʻlsa, audio- va videoyozuvning elektron yoki boshqa manbalari sud majlisi bayonnomasiga qoʻshib qoʻyilmagan boʻlsa; 3) sudyalar maslahatining sir saqlanishi toʻgʻrisidagi qoida buzilgan boʻlsa. Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini har qanday holda bekor qilish uchun quyidagilar asos boʻladi: 1) sud tomonidan ishning qonunga xilof tarkibda koʻrilganligi; 2) ish sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmagan biror-bir ishda ishtirok etuvchi shaxs yoʻqligida koʻrilganligi; 3) ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huq