Iqtisodiy protsessual kodeksi 303-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining qarori

Kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha qaror qabul qiladi, qaror ishni koʻrgan sudyalar tomonidan imzolanadi. Kassatsiya instansiyasi sudining qarorida quyidagilar koʻrsatiladi: 1) kassatsiya instansiyasi sudining nomi, qarorni qabul qilgan sud tarkibi, sud majlisining kotibi; 2) ishning raqami, qaror qabul qilingan sana va joy; 3) kassatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), uning protsessual holati; 4) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, shuningdek ular vakillarining va sud protsessi boshqa ishtirokchilarining nomlari (familiyasi, ismi, otasining ismi); 5) nizo predmeti; 6) hal qiluv qarori qabul qilingan sana, uni qabul qilgan sudyalarning familiyasi, ism-sharifining bosh harflari; 7) ish boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarori mazmunining qisqacha bayoni; 8) kassatsiya shikoyatida (protestida) keltirilgan hal qiluv qarorining qonuniyligini va asoslantirilganligini tekshirish toʻgʻrisida talab bildirilishiga doir asoslar; 9) kassatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikrda bayon qilingan vajlar; 10) ishda ishtirok etuvchi va sud majlisida hozir boʻlgan shaxslarning tushuntirishlari; 11) kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan aniqlangan ish holatlari; sudning ushbu holatlar toʻgʻrisidagi xulosalari uchun asos boʻlgan dalillar; sud qaror qabul qilishda amal qilingan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar; sudning u yoki bu dalillarni rad etishiga hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslar havola qilgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qoʻllamaganligiga doir sabablar; 12) agar birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori toʻliq yoki qisman bekor qilingan boʻlsa, uning xulosalariga kassatsiya instansiyasi sudi qoʻshilmaganligining sabablari; 13) kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari toʻgʻrisidagi xulosalar. Kassatsiya instansiyasi sudining qarorida ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻrtasida sud xarajatlarining taqsimlanishi