Ushbu Kodeksning 307 — 313-moddalarida belgilangan qoidalarga muvofiq berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi tomonidan oʻrganiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) unga ilova qilingan materiallar bilan birga, zarur boʻlgan hollarda esa ishni talab qilib olgan holda oʻrganadi. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) oʻrganish natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi: 1) shikoyatni (protestni) ushbu Kodeksning 316-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida; 2) shikoyatni (protestni) ushbu Kodeks 317-moddasi birinchi qismining 1 — 6-bandlarida nazarda tutilgan asoslarga koʻra qaytarish toʻgʻrisida; 3) sud hujjatlarini taftish tartibida tekshirish uchun asoslar mavjud boʻlmasa, shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida; 4) shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va uni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qabul qilishni rad etish yoki qaytarish toʻgʻrisida besh kundan kechiktirmay ajrim chiqaradi, taftish tartibidagi shikoyatni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida yoki taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va uni koʻrib chiqish uchun ish bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish toʻgʻrisida esa shikoyat (protest) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay ajrim chiqaradi. Ajrimning koʻchirma nusxasi taftish tartibidagi shikoyatni (protest