Iqtisodiy protsessual kodeksi 323-modda. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha sud hujjatlari ijrosini toʻxtatib turish

Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra, taftish instansiyasi sudi (sudyasi) sud hujjatlarining ijrosini taftish tartibida ish yuritish tamomlanguniga qadar toʻxtatib turishga haqli. Sud hujjati ijrosini toʻxtatib turish toʻgʻrisida yoki uning ijrosini toʻxtatib turishni rad etish haqida taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi.