Iqtisodiy protsessual kodeksi 38-modda. Shartnoma boʻyicha sudlovga tegishlilik

Ushbu Kodeksning 33 va 34-moddalarida belgilangan sudlovga tegishlilik taraflarning kelishuviga koʻra oʻzgartirilishi, shu jumladan eksterritorial sudlovga tegishlilik tanlanishi mumkin. Eksterritorial sudlovga tegishlilik boʻyicha kelishuv mavjud boʻlgan taqdirda, daʼvo arizasi ushbu Kodeksning 33 yoki 34-moddalarida nazarda tutilgan sudga taqdim etiladi. Ishni koʻradigan sudni aniqlash avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ushbu Kodeksning 33 va 34-moddalarida koʻrsatilgan sudning tanlanishi istisno etiladigan tartibda amalga oshiriladi.