Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida 2-modda. Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik

Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonundan va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Qoraqalpogʻiston Respublikasida isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi. Qonunchilik hujjatlari ushbu Qonunda belgilangan isteʼmolchilarning huquqlarini cheklab qoʻyishi, ularni himoya qilishning kafolatlarini kamaytirishi mumkin emas.