Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida 22-modda. Maʼnaviy zarar uchun haq toʻlash

Isteʼmolchining huquqlari buzilishi tufayli unga yetkazilgan maʼnaviy zarar uchun uni yetkazgan shaxs, basharti u aybdor boʻlsa, haq toʻlashi lozim. Maʼnaviy zarar uchun toʻlanadigan haq miqdorini sud belgilaydi. Maʼnaviy zarar uchun haq toʻlash mulkiy ziyon va isteʼmolchi koʻrgan zararning oʻrni qoplanishidan qatʼi nazar, amalga oshiriladi.