Jinoyat-ijroiya kodeksi 107-modda. Intizomiy jazo ustidan shikoyat berish

Mahkum oʻziga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy jazo ustidan xohishiga koʻra yuqori turuvchi mansabdor shaxsga, prokurorga yoki sudga shikoyat qilishga haqli. Shikoyat berilishi intizomiy jazo ijrosini toʻxtatib qoʻymaydi. Yuqori mansabdor shaxs, prokuror yoki sud intizomiy jazoni yumshatish yoki bekor qilish huquqiga ega.