Jinoyat-ijroiya kodeksi 11-1-modda. Mahkumlarning oʻziga nisbatan insoniy muomalada boʻlinishi huquqi

Mahkumlar oʻziga nisbatan insoniy muomalada boʻlinishi hamda inson shaxsiga xos boʻlgan shaʼni va qadr-qimmati hurmat qilinishi huquqiga ega. Jazoni ijro etish muassasalarining xodimlari mahkumlarga nisbatan insoniy muomalada boʻlishi shart. Mahkumlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini va boshqa majburlov choralarini qoʻllashda ushbu Kodeksda belgilangan asoslardan hamda tartibdan chetga chiqishga yoʻl qoʻyilmaydi. Mahkumlarda ularning roziligisiz tibbiy va ilmiy tajribalar oʻtkazilishi mumkin emas.