Jinoyat-ijroiya kodeksi 112-1-modda. Saqlash rejimini ashaddiy buzganlik oqibatlari

Saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi deb topilgan mahkumlarga nisbatan sudga quyidagilar toʻgʻrisida taqdimnoma kiritiladi: manzil-koloniyadan umumiy tartibli koloniyaga, umumiy, qattiq yoki maxsus tartibli koloniyalardan — turmaga oʻtkazish toʻgʻrisida; manzil-koloniyadan umumiy yoki qattiq tartibli koloniyaga, qattiq tartibli koloniyadan — maxsus tartibli koloniyaga, koloniyadan — turmaga qaytarish haqida. Taqdimnoma Jinoyat-protsessual kodeksining 537-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan koʻrib chiqiladi.

II KICHIK BOʻLIM. KOLONIYALAR VA TURMALARDA JAZONI OʻTASH