Manzil-koloniyalarda mahkumlar mehnati ushbu Kodeksda belgilab qoʻyilgan istisno va cheklashlarni hisobga olgan holda mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan tartibga solinadi. Mahkumlarni boshqa ishga oʻtkazishni korxona, muassasa yoki tashkilot manzil-koloniya maʼmuriyati bilan kelishgan holda amalga oshiradi. Mahkumlarga muassasa joylashgan yerdagi oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida sirtdan oʻqishga ruxsat etiladi.