Turmalarda jazoni: mazkur muassasaga sud hukmiga binoan kelgan mahkumlar; sud tomonidan jazoni ijro etish koloniyalaridan oʻtkazilgan jazo oʻtash tartibini ashaddiy buzuvchilar oʻtaydilar. Turmalarda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga oʻtkazish ushbu Kodeksning 104-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Turmalarda mahkumlarni yengillashtirilgan saqlash sharoitiga muddatidan oldin oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi, mahkumni sogʻligʻiga koʻra tegishli tibbiy xulosa asosida oʻtkazish hollari bundan mustasno. Homilador ayollar va yonida emizikli bolasi bor ayollar, shuningdek I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar turmalarda jazoni yengillashtirilgan saqlash sharoitida oʻtaydilar.