Tarbiya koloniyasida hibsxonaga kiritib qoʻyish tariqasidagi intizomiy jazo oʻn toʻrt yoshdan oʻn oltigacha boʻlgan mahkumlarga yetti sutkagacha, oʻn olti va undan katta yoshdagi mahkumlarga esa oʻn sutkagacha boʻlgan muddatga qoʻllaniladi. Tarbiya koloniyasining hibsxonasiga kiritib qoʻyilgan mahkumlarning sayr qilish muddati sutkasiga ikki soat qilib belgilanadi.