Mahkumlar yigirma bir yoshga toʻlganidan, salbiy tavsifga ega mahkumlar esa oʻn sakkiz yoshga toʻlganidan keyin jazo oʻtashni davom ettirish uchun tarbiya koloniyasidan umumiy tartibli koloniyaga oʻtkaziladi. Jazo oʻtashni davom ettirish uchun mahkumlarni jazoni ijro etish koloniyasiga oʻtkazish masalalari sud tomonidan Jinoyat-protsessual kodeksining 537-moddasida nazarda tutilgan tartibda hal etiladi.