Jinoyat-ijroiya kodeksi 13-modda. Mahkumlarning asosiy majburiyatlari

Mahkumlar: jazoni oʻtash tartibi va shartlariga rioya etishga; jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ maʼmuriyatining qonunga asoslangan talablarini bajarishga majburdirlar. Mahkumlarning oʻz zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarini bajarmasligi qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.