Jinoyat-ijroiya kodeksi 140-modda. Afv etish toʻgʻrisida iltimosnoma berish

Afv etish toʻgʻrisida iltimosnoma berish va uni koʻrib chiqish tartibi qonunchilikda belgilanadi. Afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma umrbod ozodlikdan mahrum qilingan shaxs tomonidan u tayinlangan jazoning yigirma besh yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin, agar jazoni oʻtash davrida mahkum qatʼiy tuzalish yoʻliga oʻtgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va oʻqishga nisbatan vijdonan munosabatda boʻlayotgan, tarbiyaviy tadbirlar oʻtkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan jazoning yigirma yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin berilishi mumkin. Afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilingan shaxs tomonidan u tayinlangan jazo muddatining yigirma yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin, agar jazoni oʻtash davrida mahkum qatʼiy tuzalish yoʻliga oʻtgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va oʻqishga nisbatan vijdonan munosabatda boʻlayotgan, tarbiyaviy tadbirlar oʻtkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan jazoning oʻn besh yilini haqiqatda oʻtab boʻlganidan keyin berilishi mumkin.

VI BOʻLIM. HARBIY XIZMATCHILARGA NISBATAN XIZMAT BOʻYICHA CHEKLASH VA INTIZOMIY QISMGA JOʻNATISH TARIQASIDAGI JAZOLARNI IJRO ETISH