Intizomiy qismda mahkumlarga quyidagi ragʻbatlantirish choralari qoʻllaniladi: tashakkur eʼlon qilish; ilgari qoʻllanilgan intizomiy jazo chorasini olib tashlash; qoʻshimcha ravishda bir marta uchrashuv yoki telefon orqali soʻzlashuv huquqini berish. Yaxshi xulq-atvori hamda mehnatga va harbiy xizmatga vijdonan munosabati uchun mahkumlar, sud tomonidan tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini oʻtaganlaridan soʻng, intizomiy qism komandirining buyrugʻi bilan axloqan tuzalayotganlar qatoriga qoʻshiladi. Axloqan tuzalayotganlar qatoriga qoʻshilgan mahkumlar jazo muddatining kamida yarmini oʻtaganlaridan keyin qonunda belgilangan tartibda jazodan muddatidan oldin shartli ozod qilishga taqdim etiladi.