Jinoyat-ijroiya kodeksi 163-modda. Jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari ozod qilish hollari

Sud tomonidan tayinlangan jazo muddati tugagunga qadar mahkum quyidagi hollarda jazoni oʻtashdan ozod qilinishi mumkin: muddatidan ilgari shartli ozod qilinganda; jazo yengilrogʻi bilan almashtirilganda; kasalligi yoki mehnat qobiliyatini yoʻqotganligi tufayli; amnistiya yoki avf etilganligi tufayli.