Jinoyat-ijroiya kodeksi 170-modda. Mahkum vafot etganligi munosabati bilan jazo ijrosini tugatish tartibi

Mahkum vafot etgan taqdirda jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyati bu haqda zudlik bilan marhumning yaqin qarindoshlaridan biriga telegraf orqali xabar qiladi. Marhumning jasadi qarindoshlariga qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda beriladi. Mahkumning qarindoshlaridan jasadni berish toʻgʻrisida ariza tushmagan taqdirda, muassasa maʼmuriyati marhumni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilab qoʻyilgan tartibda dafn etadi.