Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinayotgan shaxslar yashashni moʻljallayotgan joyga yetib olishi uchun yoʻl hujjatlari, belgilangan norma boʻyicha oziq-ovqat mahsulotlari yoki pul kompensatsiyasi bilan taʼminlanadilar. Ozod qilinayotgan shaxslarda mavsumiy kiyim va poyabzal, shuningdek ularni sotib olishga pul boʻlmasa, ular kiyim va poyabzal bilan bepul taʼminlanadilar. Shu maqsadlar uchun ozod qilinayotgan shaxslarga bir yoʻla toʻlanadigan pul nafaqasi berilishi mumkin.