Bemorni shifoxonadan chiqarishdan oʻn kun oldin ruhiy kasalliklar shifoxonasi maʼmuriyati bu haqda uning yashash joyidagi ichki ishlar organlariga, shuningdek uning qarindoshlari yoki vasiylariga xabar qiladi. Majburiy davolanish sud tomonidan bekor qilinganidan keyin oʻn sutka ichida davolash muassasasi maʼmuriyati bemorning yashash joyidagi psixonevrologiya dispanseriga ambulatoriya kartasidan koʻchirma yuboradi hamda uning qarindoshlari yoki vasiylarini, shuningdek bemorning yashash joyidagi ichki ishlar organlarini voqeadan xabardor qiladi.