Jinoyat-ijroiya kodeksi 197-modda. Maxsus oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish

Voyaga yetmagan shaxslar xalq taʼlimi organlarining maxsus oʻquv-tarbiya muassasalariga qonunchilikda belgilangan tartibda joylashtiriladi. Voyaga yetmagan shaxslarning maxsus oʻquv-tarbiya muassasalarida boʻlishi tartibi va sharoiti, oʻquv jarayoni va tarbiyaviy taʼsirga oid ishni tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.