Ichki ishlar organlarining probatsiya boʻlinmasi: muayyan huquqdan mahrum qilingan mahkumlarni roʻyxatga oladi; mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyatiga va (yoki) muayyan faoliyat turi bilan shugʻullanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organga hukm talablarini ijro etish toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi; mahkumning hukmda koʻrsatilgan taqiqlarga rioya etishini tekshiradi; mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyati, shuningdek muayyan faoliyat turi bilan shugʻullanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organlar tomonidan hukm talablari qanday bajarilayotganligini tekshiradi. Mahkum harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilgan yoxud kirgan taqdirda probatsiya boʻlinmasi hukmning nusxasini mudofaa ishlari boʻlimiga yoki mahkum xizmatni oʻtayotgan joyga yuboradi.